platina.uz
Iqtisod

Mol va qoʻy goʻshti import qiluvchi tadbirkorlarga subsidiya beriladi

Subsidiyalar Agrar sohada toʻlovlar agentligi tomonidan moliyalashtiriladi.

Mol va qoʻy goʻshti import qiluvchi tadbirkorlarga subsidiya beriladi

Tadbirkorlarga mol va qoʻy goʻshtini import qilishda subsidiya ajratiladi.

“Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–130-son, 07.04.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, goʻsht mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlashga qaratilgan quyidagi yoʻnalishlarda Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan vaqtinchalik subsidiyalar ajratilishi belgilandi:

- 2026 yil 1 apreldan 2026 yil 1 avgustga qadar tadbirkorlarga mol va qoʻy goʻshtini import qilishda, ularni havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir kilogramm goʻsht uchun 0,8 AQSh dollaridan oshmagan miqdorda;

- 2026 yil 1 apreldan 2026 yil 31 dekabrga qadar xorijiy davlatlardan havo transporti orqali import qilingan nasldor qoramol qiymatining 10 foizi, biroq har bir bosh qoramol uchun 4 mln soʻmdan oshmagan miqdorda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi subsidiyalar bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun joriy yilda respublika byudjetidan bosqichma-bosqich 300 milliard soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratadi.

Mazkur qarorga muvofiq subsidiyalar Agrar sohada toʻlovlar agentligi tomonidan moliyalashtiriladi.

Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bosh vazir Abdulla Aripov zimmasiga yuklangan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid