platina.uz
Jamiyat

Latviyada Oʻzbekistondan keltirilgan katta miqdordagi tamaki mahsulotlari aniqlandi

Ushbu kontrabanda mahsulotlari Italiya va Belgiyaga yoʻnaltirilishi kerak boʻlgan. 

Latviyada Oʻzbekistondan keltirilgan katta miqdordagi tamaki mahsulotlari aniqlandi

Latviya Davlat daromad xizmati (VID) bojxona xodimlari havo yuklari omborlarini tekshirish paytida katta miqdordagi kontrabanda tamaki mahsulotlarini aniqladilar.

Bu haqda agentlikka tayanib, Delfi xabar berdi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston va Qirgʻizistondan kelgan va Italiya va Belgiyaga yoʻnaltirilgan pochta paketlarida 11 220 quti sigaret (224 400 dona) va 3068 quti tamaki mahsulotlari topilgan.

Tekshiruvlar uch hafta davomida iskovuch itlao ishtirokida oʻtkazildi. Shubhali yuklar aniqlandi va rentgen uskunalari yordamida qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkazildi, bu esa tamaki mahsulotlarining mavjudligini tasdiqladi.

Xususan, mart oyining oʻrtalarida omborda aksiz markalari boʻlmagan 4800 quti sigaret va 3000 dan ortiq paket tamaki mahsulotlari solingan Oʻzbekistondan kelgan paketlar topildi. Keyingi kunlarda Parlament, Sobranie, Kent va Marlboro kabi turli markadagi yana bir nechta sigaret partiyalari musodara qilindi, ularda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston aksiz markalari boʻlgan.

Barcha aniqlangan holatlar jinoiy javobgarlikka tortish uchun Soliq va bojxona politsiyasiga yuborildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid