platina.uz
Jamiyat

Akrom Shukurov Oliy sud raisi oʻrinbosari etib saylandi

U turli yillarda Toshkent shahar sudi sudyasi, fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan viloyat sudi raisi, Jizzax viloyat sudi raisining oʻrinbosari sifatida ishlagan. 

Akrom Shukurov Oliy sud raisi oʻrinbosari etib saylandi

Akrom Shukurov Oliy sud raisi oʻrinbosari etib saylandi.

Bugun boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Senati 14-yalpi majlisi qarori bilan Akram Gʻayratovich Shukurov sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari – sudlov hayʼati raisi etib saylandi.

Sudyalik faoliyatini fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudida boshlagan Akrom Shukurov turli yillarda Toshkent shahar sudi sudyasi,fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan viloyat sudi raisi, Jizzax viloyat sudi raisining oʻrinbosari – fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi, mazkur viloyat sudining raisi lavozimlarida ham faoliyat koʻrsatgan.

"Sodiq xizmatlari uchun" medali sohibi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid