platina.uz
Jamiyat

22 apreldan masofaviy moliyaviy xizmatlarda yangi tartiblar amal qiladi

Agar telefon raqam yoki bank kartasi begona shaxs nomida boʻlsa, muammolar kuzatilishi mumkin. 

22 apreldan masofaviy moliyaviy xizmatlarda yangi tartiblar amal qiladi

22 apreldan masofaviy moliyaviy xizmatlarda xavfsizlik boʻyicha qanday yangiliklar kiritiladi? Markaziy bank tushuntirish berdi.

Koʻpchilik “Telefon raqam oʻz nomimda boʻlmasa, ilovadan foydalanish imkonsiz” deb hisoblamoqda.

Aslida esa 22 apreldan faqat yangi mijozlar uchun tadbiq etiladi:

- telefon raqami, JShShIR va bank karta kimga tegishli — bir-biriga mos keladimi yoki yoʻq.

Agar barcha maʼlumotlar oʻzaro mos boʻlsa — hech qanday muammo yuzaga kelmaydi va siz ilovadan odatdagidek foydalanishda davom etasiz.

Agar telefon raqam ota-onam, opam yoki qizim nomida boʻlsa-chi?

Agar telefon raqam yaqin qarindoshingiz nomida boʻlsa: ota- ona, opa - singil, turmush oʻrtogʻi, farzand. Bunda siz ilovadan foydalanishda davom etishingiz mumkin.

Yaʼni, yaqinlar oʻrtasida bu tartib hech qanday muammo tugʻdirmaydi.

Qachon muammo kelib chiqishi mumkin?

Muammo faqat bitta holatda paydo boʻladi:

Agar telefon raqam yoki bank karta sizga umuman aloqasi boʻlmagan begona shaxs nomida boʻlsa.

Masalan:

- begona odam nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqam;

-boshqa odamning bank kartasi.

Bu yangilik hamma uchun amal qiladimi?

Yoʻq.

Bu tartib asosan 22 apreldan keyin yangi roʻyxatdan oʻtadiganlar uchun.

Agar siz allaqachon ilovadan foydalanayotgan boʻlsangiz — hammasi avvalgidek qoladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid