Tehron gʻarbidagi aholi manzillariga hujum sabab 18 kishi halok boʻldi
Ular orasida ikki nafar bola ham bor. Yigirma ikki kishi esa yaralangani xabar berildi.

Tehron gʻarbida joylashgan Alborz provinsiyasidagi turar-joy massivlariga havo hujumi natijasida 18 kishi, jumladan, ikki bola halok boʻldi.
Fars axborot agentligi mahalliy hokimiyatga asoslanib xabar berishicha, Tehrondan gʻarbda joylashgan turar-joy massivlariga qilingan havo hujumlarida kamida 18 kishi halok boʻldi.
Ularning soʻzlariga koʻra, hujumlar Alborzdagi aholi punktlariga qaratilgan.
"Hozirda 18 vatandosh, jumladan, ikki yosh bola halok boʻlgani tasdiqlandi. Yigirma ikki kishi yaralangan", deyiladi bayonotda.
Xabar qilinishicha, seshanba kuni ertalab Isroil qiruvchi samolyotlari AQSh koʻmagida Eron poytaxti gʻarbidagi bir nechta turar-joy massivlariga hujum qilgan.
Javob hujumi sifatida Eron Yaqin Sharq va Isroil hududidagi AQSh harbiy nishonlariga zarba bermoqda. Mojaroning birinchi kunida, 28 fevral kuni mamlakat janubidagi qizlar maktabiga zarba berildi, shuningdek Oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiy halok boʻldi. Hujum natijasida tinch aholi orasida qurbonlar soni 1300 dan oshdi, 20 000 dan ortiq odam yaralandi.
Birgina Isfahonda AQSh va Isroilning turar-joy hududiga bergan zarbasi 26 tinch aholini, jumladan, yetti bola va yetti ayol oʻlimiga sabab boʻldi.
