Sport bilan doimiy shugʻullanuvchilar soni 1 million nafarga yetkaziladi
Olimlarning sport boʻyicha ilmiy ishlari xalqaro musobaqalarda medal olib kelsa, ularga 100 million soʻmdan mukofot beriladi.

Umuman, Sport vazirligi va hokimlar oldiga joriy yilda yangi tizim orqali sport bilan doimiy shugʻullanuvchilar sonini 2 karra oshirib, 1 million nafarga yetkazish vazifasi qoʻyildi.
Xuddi futboldagi kabi “Besh tashabbus” musobaqasi va sport bilan doimiy shugʻullanuvchilar boʻyicha ham shaffof, raqamlashgan tizim qilish zarurligi qayd etildi.
Mutasaddilarga sunʼiy intellekt yordamida sportchi va murabbiylarning natijasini tahlil qilib, mashgʻulotlar rejasini tuzadigan platforma yaratish topshirildi.
Sportdagi ilmiy ishlar bundan keyin faqat dolzarb muammolar yechimiga qaratilib, natijasi toʻgʻridan-toʻgʻri amaliyotga joriy qilinishi zarurligi taʼkidlandi. Endilikda olimlarning ilmiy ishi natija bersa, sportchilarning yutuqlari koʻpaysa, xalqaro musobaqalarda medal olib kelsa, ushbu olimlarga 100 million soʻmdan mukofot beriladi.
