Qurilish vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi
Bunga qadar u Buxoro viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari edi.

Arashov Jalol Samandarovich Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.
U 1988 yil 6 oktabrda Qorakoʻl tumanida tugʻilgan. 2009 yilda Toshkent arxitektura va qurilish institutini tugatgan. Arashov avval ham Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari vazifasida ishlagan.
Tayinlovga qadar u Buxoro viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari edi.
