platina.uz
Jamiyat

Namanganda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi bosh arxitektori xizmat xonasida ushlandi

Fargʻonada esa Kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari oʻqishga kiritish vaʼdasi evaziga 2 ming dollar olganda qoʻlga tushdi. 

Namanganda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi bosh arxitektori xizmat xonasida ushlandi

Namangan va Fargʻona viloyatlarida korrupsion holatlar aniqlandi.

Namangan viloyatida qayd etilgan holatda Namangan tumani Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi bosh arxitektori ushlandi. U mahalliy oilaviy korxona rahbari tomonidan oʻz yashash xonadonining bir qismida qurilgan avtomobillar yuvish shoxobchasining loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berish hamda uni tasarruf etish boʻyicha qoʻyilgan taqiqni bekor qilib berish evaziga 1500 AQSh dollari talab qiladi.

Shuningdek, joriy yilning 1 aprel kuni u 500 AQSh dollarini olib, qolgan qismini tezlashtirib berishini soʻraydi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs 1000 AQSh dollarini tamagirlik yoʻli bilan oʻz xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.

Taʼkidlash lozimki, oilaviy korxona rahbari avtomobillar yuvish shoxobchasini loyiha hujjatlarisiz qurganligi yuzasidan 2025 yilning dekabr oyida bosh arxitektor tomonidan tuzilgan dalolatnoma asosida sud tayinlagan 43 mln 300 ming soʻm miqdoridagi jarimani toʻlagan.

Lekin, shunga qaramay, bosh arxitektor unga qonuniy yechim koʻrsatmay, aksincha korrupsion harakatlarni amalga oshirgan.

Bu kabi qonunbuzilishi Fargʻona viloyatida ham kuzatildi. Jumladan, Qoʻshtepa tumani Qambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda 1999 y.t. mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, uni Andijon viloyatidagi oliy taʼlim muassasalaridan birining sirtqi yoʻnalishiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda har uchala holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid