platina.uz
Jamiyat

Islom Karimov yodgorlik majmuasini taʼmirlash uchun 3,4 mlrd soʻm ajratiladi

Bu haqda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovning qarori eʼlon qilindi. 

Islom Karimov yodgorlik majmuasini taʼmirlash uchun 3,4 mlrd soʻm ajratiladi

​Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi hududida taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Ushbu loyiha uchun Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jami 3 435,0 mln (uch milliard toʻrt yuz oʻttiz besh million) soʻm ajratilishi belgilandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovning 2026 yil 6 apreldagi qarorida aytiladi.

Mazkur ishni amalga oshirishga Toshkent shahar hokimligining "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasi masʼul etib belgilandi. Mazkur kompaniya (A.Rahmonov) belgilangan tartibda bosh loyihachi va pudrat tashkilotlarini tanlab oladi.

Qarorning ijrosini nazorat qilish bevosita Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B. Rahmonov zimmasida qoldirildi. B. Rahmonov va "Toshkent Invest kompaniyasi mablagʻlarning maqsadli sarflanishini taʼminlash va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga hisobot kiritadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid