Denovdagi gaz quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi
Bunga maxsus avtomobildan propan gazini boʻshatish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi sabab boʻlgani aytilgan.

Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi gaz quyish shoxobchasida yongʻin yuz berdi.
7 aprel kuni Surxondaryo viloyati FVBga Denov tumani, "Oqtom" MFYda joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida "KAMAZ" rusumli suyultirilgan (propan) gaz tashuvchi maxsus avtomobildan sigʻimga gazini quyish vaqtida sigʻimda chaqnash sodir boʻlib, natijada yongʻin kelib chiqqan.
Hodisa joyiga 5 ta qutqaruv boʻlinmalari yetib borib, yongʻin oʻrab olingan va hozirda yongʻinni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda, deyiladi FVV xabarida.
Dastlabki maʼlumotga koʻra, sigʻimning yorilishi sababi maxsus avtomobildan propan gazini boʻshatish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi deb taxmin qilinmoqda.
Voqea joyiga viloyat FVB rahbar xodimlari, Denov tumani IIB, SSB, "Hududgaztaʼminot" rahbar va xodimlari chiqishgan hamda hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Jabrlanganlar haqida ыozircha maʼlumot yoʻq.
