Amerika–Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi ish boshladi
Saida Mirziyoyeva Vashingtonda kengash hamraisi, elchi Serjio Gor bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Amerika–Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi ish boshladi.
Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Vashingtonda Amerika–Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi, elchi Serjio Gor bilan uchrashuv oʻtkazdi.

“Samarali” deb baholangan uchrashuvda mamlakatlar oʻrtasidagi ishbilarmonlik hamkorligining asosiy masalalarini muhokama qilingan.
“Uchrashuv Kengash faoliyati rasman boshlanishi arafasida boʻlib oʻtdi. Ushbu tuzilma Oʻzbekiston va Qoʻshma Shtatlar oʻrtasidagi biznes aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan samarali maydonga aylanishi shubhasiz.
Bunga mamlakatlarimiz Prezidentlarining qatʼiy siyosiy irodasi mustahkam zamin yaratmoqda”, – deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
