platina.uz
Jahon

"Kutilmagan tashrif": Zelenskiy Suriyaga bordi

Tomonlar xavfsizlik masalari boʻyicha katta kelishuvga erishishi mumkinligi qayd etilgan. 

"Kutilmagan tashrif": Zelenskiy Suriyaga bordi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Suriyaning vaqtinchalik Prezidenti Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashdi. Bu haqda Ukraina rahbari Telegram sahifasida eʼlon qildi.

Mazkur tashrif Asad rejimi qulagandan keyin Ukraina rahbarining Suriyaga ilk tashrifidir.

"Biz xavfsizlikni oshirish va rivojlanish imkoniyatlarini taʼminlash uchun birgalikda ishlashga kelishib oldik", deyiladi bayonotda.

Rahbarlar mintaqadagi vaziyat va uni yaxshilash istiqbollarini, shuningdek, Rossiya-Ukraina mojarosini muhokama qilishdi.

Zelenskiy "harbiy xodimlar va xavfsizlik boʻyicha tajriba almashishga katta qiziqish borligini" qoʻshimcha qildi. Zelenskiy va al-Sharaa shuningdek, Ukrainaning "oziq-ovqat mahsulotlarining ishonchli yetkazib beruvchisi" sifatidagi rolini muhokama qilishdi va mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Taʼkidlash kerakki, yanvar oyida ash-Sharaa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Rossiyaga tashrif buyurgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid