platina.uz
Iqtisod

Bugʻdoy sotuvi boʻyicha qoidalarni buzgan oʻttizga yaqin subʼekt birja savdolaridan chetlatildi

Ichki bozorda ishlab chiqarilishi lozim boʻlgan un mahsulotini birjaga qoʻymaslik holatlari kuzatilgan. 

Bugʻdoy sotuvi boʻyicha qoidalarni buzgan oʻttizga yaqin subʼekt birja savdolaridan chetlatildi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan ichki bozorda bugʻdoy mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish yuzasidan monitoringlar oʻtkazildi. Unda qonunchilik buzilishi yuzasidan 29 ta subʼekt birja savdolaridan chetlashtirildi.

Amaldagi qonunchilikka koʻra, bugʻdoy va un mahsulotlari faqat birja savdolari orqali sotilishi belgilangan yuqori likvidli va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, qoʻmita tomonidan ichki bozorlarda barqarorlikni taʼminlash uchun birja savdolarida ushbu mahsulotlar realizatsiyasi holati doimiy tahlil qilib boriladi.

Davlat resursidagi, byudjet mablagʻlari hisobiga xarid qilingan bugʻdoyni birjadan xarid qilgan hajmdan kelib chiqib unni birjada sotish belgilangan.

Ushbu talablarni taʼminlanmaganlik uchun raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikda tegishli choralar koʻrilishi belgilangan.

Qoʻmita tomonidan oʻtkazilgan dastlabki monitoringlarga koʻra, ichki bozorda ishlab chiqarilishi lozim boʻlgan un mahsulotini birjaga qoʻymaslik holatlari kuzatildi.

Yuqoridagilarga koʻra, Qoʻmita tomonidan 2026 yil 3 apreldan boshlab davlat resursi bugʻdoyidan ishlab chiqarilgan un mahsulotlarini birja savdolariga qayta savdo chiqarmagan yeki yetarli darajada bajarmagan 29 ta korxonalar belgilangan qonunchilik talablarini buzganligi sababli tegishli tartibda birja savdolaridan chetlashtirildi.

Shuningdek, joriy yil I-chorak yakunlari boʻyicha davlat resursidan bugʻdoy xarid qilingan unni birja savdolari orqali sotish tartibiga rioya etmagan 25 ta un ishlab chiqaruvchi korxonalarga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, tegishli taʼsir choralari qoʻllash yuzasidan qaror va koʻrsatmalar qabul qilindi.

Yuqoridagilarga koʻra, Raqobat qoʻmitasi ichki bozorda bugʻdoy mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish uchun birja savdolarida davlat resursi bugʻdoyni xarid qilgan hajmining tegishli normasi boʻyicha un mahsulotini savdolariga chiqarish majburiy ekanligini, belgilangan tartiblar buzilgan taqdirda belgilangan tartibda qatʼiy chora koʻrilishini maʼlum qiladi.

Birjada davlat resursi bugʻdoyini xarid qilgan korxonalar hamda bugʻdoy mahsuloti realizatsiyasi holati boʻyicha monitoring va nazorat tadbirlarini davom ettirilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid