Toshkentdagi bozorda yirik yongʻin chiqdi
Olov salkam 3 soatda oʻchirilgan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri ham yetib borgan.

Bugun, 5 aprel kuni Chilonzor tumani Toshkent katta xalqa avtomobil yoʻli koʻchasida joylashgan "Beshqoʻrgʻon" bozorida yirik yongʻin chiqqan.
Yongʻin salkam 3 soatda oʻchirilgan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri Aziz Ikromov ham yetib borgan.
Vazirlikning ishontirishicha, yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan.
Ayni paytda yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.
