Toshkentda uy qurish bahonasida 11 mlrd soʻmni talon-toroj qilganlarga hukm oʻqildi
Fuqarolar bilan jami 161 dona shartnoma imzolangan. Firibgarlik qurboni boʻlganlar orasida taniqli aktrisa Odina Toʻxtasinova ham bor.

Toshkentda uy qurish bahonasida 11 mlrd soʻmni talon-toroj qilganlarga hukm oʻqildi. Bu haqda Sevimli TV dasturida maʼlumot berilgan.
Maʼlum boʻlishicha, Metall System Stroy MChJ Mirzo Ulugʻbek tumani hududida uylar qurilishini eʼlon qilgan. Ammo 2021 yildan buyon uylar topshirilmagan.
Fuqarolar bilan jami 161 dona shartnoma imzolangan. Toʻlangan pullar soxta hujjatlar asosida boshqa hisob raqamlarga yoʻnaltirilgan va talon-toroj qilingan.
Firibgarlik qurboni boʻlganlar orasida taniqli aktrisa Odina Toʻxtasinova ham bor. U 2021 yilda toʻlov qilganini aytadi.
Boshqa bir fuqaro esa uyini sotib, toʻlov qilganini, oʻzi esa koʻchada qolganini maʼlum qilgan. Yana bir jabrlanuvchi uy uchun 70 ming dollar toʻlagan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumani sudiga koʻra, aybdorlar JKning 167-moddasiga 6 yildan oshiq qamoq jazosiga hukm etildi.
