Qoraqalpogʻiston transport vaziri va "Qoraqalpoqbaliq" uyushmasiga rahbar tayinlandi
Baxitbay Seytmuratov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vaziri lavozimiga tayinlandi.

Bekchanov Xalmurza Tursinbayevich – "Qoraqalpoqbaliq" uyushmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Xalmurza Bekchanov tayinlovga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Seytmuratov Baxitbay Umirbayevich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vaziri lavozimiga tayinlandi.
Baxitbay Seytmuratov tayinlovga qadar transport sohasida masʼulliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
