Prezident bir guruh geologlarni mukofotladi
Ular geologiya sohasidagi koʻp yillik mehnati, qazilma boyliklar geologiyasi, tadqiqot va qidiruv tarmogʻini rivojlantirish, strategik ahamiyatga ega boʻlgan mineral resurslarni aniqlash borasidagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezidentning geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash boʻyicha farmoni eʼlon qilindi. Jumladan, quyidagilar mukofotlandi:
«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan geolog» faxriy unvoni bilan
Muminov Tolibjon Xoliyorovich - «Navoiyuran» davlat korxonasining «Zirabuloq» geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi bosh geologi
Ergashev Elmurod Hasanovich - «Oʻzbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining oʻrinbosari – bosh geologi
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Nuraliyev Raxmonali Azimovich - «Oʻzbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyatining Toshkent markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi burgʻilash uchastkasi burgʻilovchisi
Yallakabilov Gulom - «Oʻzbekgidrogeologiya» davlat muassasasining Markaziy Oʻzbekiston dala gidrogeologiya ekspeditsiyasi yetakchi gidrogeologi
«Doʻstlik» ordeni bilan
Bogdanov Aleksandr Nikolayevich - Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institutining neft va gaz konlari geologiyasi hamda istiqbolli obʼektlarni baholash laboratoriyasi boshligʻi
Shukurov Nosir Egamovich - H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining geokimyo laboratoriyasi boshligʻi
«Shuhrat» medali bilan
Aripov Shaxobiddin Paxritdinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi eksperti
Joʻrayev Sherali Izatilloyevich - «Navoiyuran» davlat korxonasining geologiya va qidiruv boʻyicha direktori
Zairov Ilxom Matazimovich - «Oʻzbekkoʻmir» aksiyadorlik jamiyatining «Avtomobil va texnologik transporti» filiali ogʻir yuk mashinasi haydovchisi
Sayitov Hamza Qahharovich - «Oʻzbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyatining Samarqand markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi buldozer mashinisti.
