platina.uz
Sport

Abduqodir Husanov Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslandi

Bu mavsumda futbolchi 29 ta oʻyinda maydonga tushdi va mart oyida "Siti"ning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. 

Abduqodir Husanov Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslandi

"Manchester Siti" va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslandi.

"Abduqodir Husanov - Krishtianu Ronalduning oʻzbekcha ekvivalenti.
Poytaxt Toshkentda hamma Husanovning kimligini biladi.
Uning yuzi ulkan reklama taxtalarida aks etgan va shaxsiy hayotidagi muhim voqealar milliy yangiliklarga aylanadi.

Mamlakatning Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatga boʻlgan butun umidlari 22 yoshli "Manchester Siti" markaziy himoyachisining yelkasida", deb yozadi The Athletic.

Husanov 2025 yil yanvar oyida "Manchester Siti"ga qoʻshildi: ingliz klubi uni Fransiyaning "Lans" klubidan 40 million yevroga sotib oldi.

Bu mavsumda oʻzbekistonlik barcha musobaqalarda 29 ta oʻyinda maydonga tushdi va mart oyida "Siti"ning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.

Husanov Toshkentning "Bunyodkor" klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid