platina.uz
Jamiyat

YPX xodimiga qoʻl koʻtargan fuqaroning IIV tizimidagi akasi ishdan olindi

Xizmat intizomini buzgan shaxslarga nisbatan javobgarlik muqarrarligi prinsipi amalda taʼminlanishi ham aytilgan.

YPX xodimiga qoʻl koʻtargan fuqaroning IIV tizimidagi akasi ishdan olindi

Sirdaryo viloyati IIB rahbar xodimi podpolkovnik Sherzod Pardayev ishdan olindi. 2 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan – u va uning yaqin qarindoshi ishtirokidagi huquqbuzarlik bunga sabab boʻlgan.

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida IIV tizimida qonuniylik va xizmat intizomini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtgan.

Ushbu holat xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilish va mansab mavqeidan shaxsiy manfaatlar yoʻlida foydalanish ehtimolini koʻrsatuvchi salbiy holat sifatida huquqiy baholangan.

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Diyorbek Sattarov xizmat intizomini buzgan shaxslarga nisbatan javobgarlik muqarrarligi prinsipi amalda taʼminlanishini aytgan.

Tarqalgan videoda bir fuqaro mast holda mashina haydagan, YPX xodimlari qonuniy talablariga boʻysunmagan va xodimga qoʻl koʻtargan edi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid