platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonda benzin narxlari AQSh bilan deyarli tenglashdi

Mamlakatda AI-95 benzinining bir litri 1,08 dollarni tashkil etadi, bu AQShdagi 1,13 dollarlik narxga yaqin. 

Oʻzbekistonda benzin narxlari AQSh bilan deyarli tenglashdi

Oʻzbekistonda benzin narxlari deyarli AQShniki bilan tenglashdi.

Jahon iqtisodiyotida energiya narxlari, xususan, motor yoqilgʻisi, ichki bozorlar va aholining farovonligiga bevosita taʼsir qiladi. Global Petrol Price maʼlumotlariga koʻra, benzin narxi 2023 va 2026 yillar oraligʻida keskin oʻzgarib turibdi.

Hozirda Oʻzbekistonda AI-95 benzinining bir litri 1,08 dollarni tashkil etadi, bu AQShDAgi 1,13 dollarlik narxga yaqin. Qoʻshni davlatlar bilan taqqoslaganda, ushbu benzinning narxi Qirgʻizistonda 0,92 dollar, Rossiyada 0,83 dollar, Ozarbayjonda 0,68 dollar, Qozogʻistonda 0,51 dollar va Turkmanistonda 0,43 dollarni tashkil etadi.

Grafiklar tahlili shuni koʻrsatadiki, eng katta narx oʻzgarishi Xitoy va AQShda kuzatilgan. Oʻzbekistonda narxlar maʼlum davrlarda nisbatan barqaror boʻlib qoldi, ammo umuman olganda ular asta-sekin oʻsib bormoqda. 2026 yil boshiga kelib, mamlakatda benzin narxi yuqori darajalarga yaqinlashdi.

Turkmaniston, Qozogʻiston va Ozarbayjonda narxlar nisbatan barqaror, buni hukumat tomonidan tartibga solish yoki ichki yoqilgʻi ishlab chiqarishning yuqori darajasi bilan izohlash mumkin.

Qirgʻizistonda 2023 yildan beri narxlar sezilarli darajada oshdi va taxminan 0,90 dollar atrofida barqarorlashdi. Rossiyada ham 2025 yil oʻrtalaridan beri narxlarning aniq oʻsish tendensiyasi kuzatildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid