Bugunning oʻzida Oʻzbekistonda ikki bor yer silkinishi roʻy berdi
Ulardan birining epitsentri Tojikistonda, boshqasi esa Afgʻonistonda joylashgan.

3 aprel kuni soat 21:12 da Afgʻonistonda zilzila sodir boʻldi. U Oʻzbekiston hududiga ham taʼsir etdi.
Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:
Surxondaryo viloyatida 3 ball, 314 km.
Fargʻona viloyatida 2-3 ball, 420 km.
Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 457 km.
Jizzax viloyatida 2-3 ball, 457 km.
Samarqand viloyatida 2-3 ball, 468 km.
Andijon viloyatida 2-3 ball, 477 km.
Namangan viloyatida 2-3 ball, 485 km.
Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 499 km.
Toshkent viloyatida 2-3 ball, 520 km.
Toshkent shahrida 2-3 ball, 526 km.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 526 km janubiy-sharqda joylashgan.
Magnituda: 6 Chuqurligi: 207 km
Epitsentr: Badaxshon, Afgʻoniston
Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekistonda sezilgandi.
Sezilish kuchi Fargʻona viloyatida 3 ball, Namangan, Andijon, Sirdaryo, Toshkent viloyati va poyxtaxtda 2 ballni tashkil qildi.
