platina.uz
Jahon

AQSh armiyasi shtab boshligʻi isteʼfoga chiqarildi

Urush vaziri Xegset mazkur tashabbus bilan chiqqan. Ushbu qarorga oxiri koʻrinmayotgan Eron urushi sabab boʻlishi mumkin. 

AQSh armiyasi shtab boshligʻi isteʼfoga chiqarildi

AQSh armiyasi shtab boshligʻi general Rendi Jorjning isteʼfoga chiqdi. Pentagon bu maʼlumotni tasdiqladi.

"General Rendi Jorj armiyaning 41-shtab boshligʻi sifatida nafaqaga chiqmoqda, qaror darhol kuchga kiradi. Harbiy departamenti general Jorjga mamlakatimizga qilgan xizmati uchun minnatdor", deyiladi X ijtimoiy media platformasida departament vakili Shon Parnell tomonidan eʼlon qilingan bayonotda.

Mudofaa vazirligi shuningdek, generalning ketishi haqidagi avvalgi OAV xabarlarini tasdiqlab, Jorjga "nafaqada eng yaxshi tilaklarni" tiladi.

Avvalroq CBS News manbalarga tayanib, Pentagon boshligʻi Pit Xegset Jorjning zudlik bilan isteʼfoga chiqishini talab qilganini xabar qilgan edi.

Kanal manbalaridan birining soʻzlariga koʻra, AQSh mudofaa vaziri "bu lavozimda Tramp va uning armiya haqidagi tasavvurlarini amalga oshiradigan odamni xohlaydi".

Jorj 2023 yil avgustidan beri AQSh armiyasi shtab boshligʻi lavozimida ishlab kelmoqda. U 61 yoshda.

Jo Bayden maʼmuriyati davrida general Jorj 2021 yildan 2022 yilgacha Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning katta harbiy yordamchisi boʻlib ishlagan. Kanalga koʻra, professional piyoda ofitseri va Vest-Poynt bitiruvchisi boʻlgan Jorj birinchi Fors koʻrfazi urushida, shuningdek, keyinchalik Iroq va Afgʻonistondagi mojarolarda xizmat qilgan.

Armiya shtab boshligʻi odatda bu lavozimni toʻrt yil davomida egallab turadi. Jorj bu lavozimga Prezident Jo Bayden tomonidan nomzod qilib koʻrsatilgan va 2023 yilda Senat tomonidan tasdiqlangan. U 2027 yilgacha xizmat qilishi mumkin edi.

CBS News xabariga koʻra, Jorjning oʻrnini ilgari Xegsetning harbiy yordamchisi boʻlib ishlagan Armiya shtab boshligʻining hozirgi oʻrinbosari general Kristofer LaNiv egallaydi. 2022 yildan 2023 yilgacha LaNiv Armiyaning 82-havo-desant diviziyasi qoʻmondoni general boʻlib ishlagan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid