platina.uz
Jamiyat

Yerda oʻrta darajada magnit boʻroni boshlandi

Boʻron juma kunidan shanbaga oʻtar kechasi (3-4 aprel) kuchayib, yuqori darajaga chiqishi mumkin. 

Yerda oʻrta darajada magnit boʻroni boshlandi

Yerda oʻrta darajada magnit boʻroni boshlandi.

Yer yuzida moʻʼtadil magnit boʻroni roʻy bermoqda. Bu hodisa gʻayrioddiy shakldagi toj teshigidan hosil boʻlgan quyosh shamoli bilan bogʻliq.

Boʻronlarning umumiy davomiyligi taxminan uch kunni tashkil qilishi kutilmoqda. Boʻron juma kunidan shanbaga oʻtar kechasi (3-4 aprel) kuchayishi mumkin.

Rossiya kosmik tadqiqotlar instuti laboratoriyasi maʼlumotlariga koʻra, quyosh diskining markaziy qismiga qarab katta quyosh dogʻlari guruhi harakatlanmoqda.

"Bu holatda har qanday plazma buluti toʻgʻridan-toʻgʻri Yerga qarab uchadi, bu esa radiatsiya boʻronini qoʻzgʻatish ehtimoli yuqori", deb xabar berishdi olimlar.

Eng soʻnggi shunday kuchli geomagnit hodisa 21 va 22 mart kunlari qutb nurlari bilan birga sodir boʻlgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid