platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida advokat 10 ming dollar bilan ushlandi

U fuqaroga sud idoralari tomonidan tayinlangan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻzgartirib berishni vaʼda qilgan. 

Toshkent viloyatida advokat 10 ming dollar bilan ushlandi

10 ming dollar evaziga sud hukmini oʻzgartirib bermoqchi boʻlgan advokat ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tezkor tadbir oʻtkazgan.

Unda advokatlik byurosi advokati mahalliy fuqaroga nisbatan sud idoralari tomonidan tayinlangan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻzining sud tizimidagi tanishlari orqali ozodlikni cheklash jazosiga oʻzgartirib berish evaziga 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda advokatga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qurilish vazirligi bosh mutaxassisi pora olib qochishga uringanda ushlangandi.

U Toshkentdagi koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi MChJ rahbarining ishonchiga kirib, 1500 AQSh dollari olgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid