platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga borishi kutiladi

Ostonada Orol dengizini qutqarish xalqaro jamgʻarmasi Davlat rahbarlari kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtadi. 

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga borishi kutiladi

Shavkat Mirziyoyev 22 aprelda Qozogʻistonga boradi.

Qozogʻiston ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 22 aprel kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari Ostonaga tashrif buyurishadi.

"Orol dengizini qutqarish xalqaro jamgʻarmasi Davlat rahbarlari kengashining yigʻilishi Qozogʻiston poytaxtida boʻlib oʻtadi", deyiladi xabarda.

Jamgʻarma tarkibiga Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston kiradi.

Davlat rahbarlarining yigʻilishi kamida uch yilda bir marta oʻtkaziladi. Yigʻilish oxirgi marta 2023 yilda Dushanbeda boʻlib oʻtgan, oʻshanda Qozogʻiston prezidenti uch yillik muddatga jamgʻarma rahbari etib saylangan edi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid