platina.uz
Jamiyat

Raqobat qoʻmitasi "IMEI" kodlar boʻyicha eslatma bilan chiqdi

Mazkur masala yuzasidan qoʻmitaga 2025 yil davomida 147 ta murojaat kelib tushgan. Qoʻmita kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish majburiyati ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi yoki sotuvchi zimmasiga yuklatilishini eslatdi. 

Raqobat qoʻmitasi "IMEI" kodlar boʻyicha eslatma bilan chiqdi

Raqobat qoʻmitasi "IMEI" kodlar boʻyicha eslatma bilan chiqdi.

Qoʻmita tomonidan mobil qurilmalar "IMEI" kodlari tizimda roʻyxatdan oʻtmagani va xariddan soʻng qayta roʻyxatdan oʻtkazish zarurati yuzaga kelayotgani bilan bogʻliq murojaatlar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar, jumladan tizim operatorlari jalb etilgan holda oʻrganish ishlari olib borildi.

Mazkur masala boʻyicha isteʼmolchilar tomonidan Raqobat qoʻmitasi va qoʻmitaning hududiy boshqarmalariga 2025 yil davomida 147 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 55 tasi ijobiy hal qilingan, 89 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan. Qolgan 3 tasi tegishliligi boʻyicha vakolatli organlarga yuborilgan.

Oʻrganish natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining:

• 6-moddasiga asosan, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) isteʼmolchiga oʻzi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida oʻz vaqtida zarur, toʻgʻri va tushunarli maʼlumot berishi shart;

• 11-moddasida ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati mobaynida tovar (xizmat)ning, shu jumladan, butlovchi buyumlarning normal ishlashini (qoʻllanilishini, ulardan foydalanilishini) taʼminlashi shart.

Vazirlar Mahkamasining 778-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, mobil qurilmalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tadbirkorlik subʼektlari javobgar hisoblanadi. Nizomga koʻra, barcha "IMEI" kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish majburiyati ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi yoki sotuvchi zimmasiga yuklatiladi.

Shuningdek, Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq, isteʼmolchi tovarni erkin tanlash va sifatini talab qilish huquqiga ega, sotuvchi esa qoʻshimcha xizmatlarni majburan yuklay olmaydi.

"IMEI" kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish majburiyati isteʼmolchiga emas, balki import qiluvchi yoki ishlab chiqaruvchiga yuklatiladi. Chakana savdoda esa roʻyxatdan oʻtkazilgan qurilmani taqdim etish masʼuliyati sotuvchi zimmasida boʻladi.

Yuqoridagilarga koʻra, qoʻmita quyidagilarni eslatib oʻtgan: respublika hududida mobil qurilmalarni ishlab chiqaruvchi yoki import qilib sotuvchi tadbirkorlik subʼektlari tomonidan "IMEI" kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish talablariga rioya etilmagan va isteʼmolchilar huquqlari buzilgan taqdirda, belgilangan tartibda taʼsir choralari qoʻllaniladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid