platina.uz
Jamiyat

"Mustaqillikning 35 yilligi" esdalik oltin tangasi zarb etiladi

Bu haqda Prezidentning davlat mustaqilligining 35 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha qarorida aytiladi. 

"Mustaqillikning 35 yilligi" esdalik oltin tangasi zarb etiladi

2026 yil 1 sentabrga qadar "Mustaqillikning 35 yilligi" esdalik oltin tangasi zarb etiladi.

Bu haqda Prezidentning "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida" qarorida aytiladi.

Qarorga koʻra, davlat mustaqilligining 35 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Badiiy akademiya, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi 2026 yil 1 iyunga qadar milliy mustaqillik va suverenitet gʻoyalarini, Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari qiyofasini oʻzida aks ettirgan "Vatan fidoyilari" ramziy monumentining eskiz loyihasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Ushbu monument Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tuman va shaharlarda 2026–2030 yillarda barpo etilayotgan umummilliy birdamlik bogʻlarining markaziy qismida oʻrnatiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid