platina.uz
Sport

Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining yakka peshqadamiga aylandi

U Fabiano Karuanani magʻlub etdi. Ushbu shaxmatchi turnirning toʻrtinchi turida asosiy favoritlardan biri edi. 

Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining yakka peshqadamiga aylandi

Javohir Sindarov amerikalik Fabiano Karuanani magʻlub etib, Nomzodlar turnirining yakka peshqadamiga aylandi.

Kiprning Pafos shahrida FIDE Candidates Tournament 2026 nufuzli xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining toʻrtinchi turida asosiy favoritlardan biri — Fabiano Karuana ustidan muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Sindarov Nomzodlar turnirining dastlabki toʻrt turida 3,5 ochko jamgʻargan ilk ishtirokchiga aylandi.

Sindarovning musobaqadagi muvaffaqiyatli yurushi unga jahon reytingida 6-oʻringa koʻtarilishga imkon berdi. Hozirda yana bir shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov 4-oʻrinda bormoqda.

Reytingni norvegiyalik Magnus Karlsen boshqarib bormoqda, Hiraku Nakamura ikkinchi pogʻonani egallab turibdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid