platina.uz
Jamiyat

“Texpasport” olishda muddat qoʻyiladigan boʻldi

Avval mashinalarni roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi guvohnoma belgilanmagan muddatga (muddatsiz) berilgan. U transport vositasi egasi yoki texnik maʼlumotlari (rangi, dvigatel raqami va h.k.) oʻzgarmaguncha amal qilgan.

“Texpasport” olishda muddat qoʻyiladigan boʻldi

Hukumat qarori (125-son, 30.03.2026 y.) bilan qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi guvohnoma (texpasport) 5 yil muddatga rasmiylashtiriladi.

Avval mashinalarni roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi guvohnoma belgilanmagan muddatga (muddatsiz) berilgan. U transport vositasi egasi yoki texnik maʼlumotlari (rangi, dvigatel raqami va h.k.) oʻzgarmaguncha amal qilgan.

Yana bir oʻzgarishga koʻra, endi mashinani ishonchnoma orqali boshqarganda egasi jarima ballari olmasligi uchun yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun javobgarlik oʻtkazilgani haqida Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarini xabardor qilishi kerak.

Qarorga koʻra, 2026 yil 1 apreldan tegishli transportni fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida boshqarish hamda ulardan foydalanish huquqini olgan shaxslarga yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik oʻtkazilgani haqida Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarini xabardor qilish imkoniyati yaratiladi.

Xabardor qilish YaIDXP (my.gov.uz) yoki Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.

Xabardor qilish xizmatidan foydalanish uchun transport egasi YaIDXP yoki mobil ilovada shaxsiy kabinet ochgan holda soʻrovnoma toʻldiradi va unda boshqarish huquqini berish muddatini koʻrsatib oʻtadi.

Boshqarish huquqini olgan shaxs soʻrovnomani tasdiqlash orqali kelgusida unga nisbatan jarima solish toʻgʻrisida qaror rasmiylashtirilib borilishiga roziligini elektron raqamli imzo yoki Mobile-ID yoxud Face-ID orqali tasdiqlaydi.

Xabardor qilish xizmati uchun BHMning 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid