platina.uz
Jamiyat

Qurilish vazirligi bosh mutaxassisi pora olib qochishga uringanda ushlandi

U Toshkentdagi koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi MChJ rahbarining ishonchiga kirib, 1500 AQSh dollari olgan. 

Qurilish vazirligi bosh mutaxassisi pora olib qochishga uringanda ushlandi

Toshkentda pora bilan ushlangan bosh mutaxassis qochishga urindi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda korrupsion holat fosh etildi.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bosh mutaxassisi Toshkent shahridagi koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi MChJ rahbarining ishonchiga kirib, undan 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Qoʻlga olish jarayonida u qochishga uringan, biroq tezkor xodimlar tomonidan ushlab qolingan.

Aniqlanishicha, bosh mutaxassis Yunusobod tumanidagi 6 ta uyga xizmat koʻrsatishni bir MChJdan ikkinchi MChJga oʻtkazish haqidagi uy-joy mulkdorlari imzolagan dalolatnomalarni billing tizimining “Mening uyim” platformasidan roʻyxatdan oʻtkazib berish evaziga 2200 AQSh dollari talab qilgan va bu ishlarni oʻzining mansabdor tanishlari orqali hal qilib berishni rejalashtirgan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid