Oʻzbekiston FIFA reytingida 2 pogʻona koʻtarildi
Kannavaro shogirdlari 50-oʻrinni egalladi. Bunga FIFA Series musobaqasidagi gʻalaba sabab boʻlgan.

Oʻzbekiston milliy jamoasi FIFA onlayn reytingida 50-oʻringa koʻtarildi.
FIFA Series turnirida Venesuelaga qarshi oʻyin (0:0, penaltilar seriyasi 5:4) asosiy vaqti durang natija bilan yakunlangani sababli ochkolar ham shu asosda hisoblandi. Oʻzbekiston milliy jamoasi reyting ochkosiga 0,03 ball qoʻshildi. Janubiy amerikaliklar esa mos ravishda 0,03 ball yoʻqotdi.
48-oʻrindagi Kongo DR milliy jamoasi tunda jahon chempionati qitʼalararo pley-off bosqichi doirasida Yamaykaga magʻlub etdi va 46-oʻringa koʻtarildi.
Turnir oldidan Kannavaro shogirdlari reytingda 52-pogʻonani band etib turgandi.
FIFA reytingini Fransiya, Ispaniya va Argentina boshqarib bormoqda.
