platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda jamoat transportiga haq toʻlashda naqd puldan voz kechildi

Mazkur qoida 2026 yil 1 apreldan kuchga kirdi. 

Jizzaxda jamoat transportiga haq toʻlashda naqd puldan voz kechildi

Jizzaxda jamoat transportiga haq toʻlashda naqd puldan voz kechildi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimi qarorida aytiladi.

Qaror 2026 yil 31 mart kuni eʼlon qilingan.

Unga koʻra, bir yoʻlovchi uchun narx 3000 soʻm (QQS bilan), elektron toʻlov tizimi (ATTO) orqali toʻlashda ragʻbatlantiruvchi chegirma qoʻllanilgan holda 2100 soʻm (QQS bilan) hamda qatnovlar soniga bogʻliq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif-2 100 (ikki ming bir yuz) soʻm (QQS bilan) qilib belgilandi.

Jizzax shahri yoʻnalishlaridagi avtobuslar salonida 2026 yil 1 apreldan boshlab yoʻl haqini naqd pulda qabul qilish amaliyotidan voz kechildi hamda yoʻl haqi faqat elektron toʻlovlar orqali qabul qilinishi joriy etildi.

Bekatlarda maxsus infokiosklar oʻrnatiladi.

Ushbu qaror eʼlon qilingandan darhol kuchga kirgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid