platina.uz
JCh-2026

Italiya ketma-ket uchinchi bor JChdan quruq qoldi

Jahon chempionatining Yevropadagi barcha ishtirokchilari va Oʻzbekistonning K guruhidagi raqibi ham maʼlum boʻldi.

Italiya ketma-ket uchinchi bor JChdan quruq qoldi

Yevropada jahon chempionati oʻtish oʻyinlarining final bosqichi yakunlandi. Italiya terma jamoasi ketma-ket uchinchi marta mundialga bora olmaydigan boʻldi.

Bosniya-Gersegovina va Italiya uchrashuvining asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Alessandro Bastoni 41-daqiqada qizil kartochka olib, italyanlarni ogʻir ahvolga solib qoʻydi.

Oʻyin taqdirini penaltilar seriyasi hal qildi. Italiya safida Espozito va Kristante gol urolmadi. Hisob 4:1 boʻldi va Italiya mundialdan quruq qoldi.

Yana bir dramatik oʻyinda gʻolib penaltilar seriyasida aniqlandi. Chexiya va Daniya uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etildi, penaltilar boʻyicha Chexiya (3:1) JChga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, Turkiya Kosovoni (1:0), Shvetsiya Polshani (3:2) yengib, Yevropadan soʻnggi vakillar sifatida jahon chempionatiga yoʻl olishdi.

Qitʼalararo oʻtish oʻyinlari finalida esa Kongo va Yamayka oʻyini asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Ekstra taymlarning 100-daqiqasida burchakdan uzatilgan toʻpni darvozaga kiritgan Tuanzebe Kongoni mundialga olib chiqdi.

Shu tariqa jahon chempiontida Chexiya A guruhi, Bosniya V guruhi, Turkiya D guruhi va Shvetsiya termasi F guruhidan joy oldi. K guruhida esa Portugaliya, Kongo, Oʻzbekiston va Kolumbiya oʻzaro kuch sinashadi.

JCh-2026, Yevropa oʻtish oʻyinlari, final

Bosniya va Gersegovina - Italiya - 1:1 (pen. 4:1)

Shvetsiya - Polsha - 3:2

Kosovo - Turkiya - 0:1

Chexiya - Daniya - 2:2 (pen. 3:1)

JCh-2026, qitʼalararo oʻtish oʻyini

Kongo - Yamayka 1:0

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid