Farrux Omonov Prezident Xalq qabulxonasi boshligʻi etib tayinlandi
U avval Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi oʻrinbosari sifatida ishlagan.

Farrux Omonov Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident farmoni eʼlon qilindi.
U shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Farrux Omonov 1988 yilda tugʻilgan. U Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Rossiya Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Omonov ilgari Oʻzbekiston Moliya vazirligida va Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari lavozimlarida ham ishlagan. U Prezident administratsiyasida ilk bor 2021 yil ish boshlagan.
