Abduqodir Husanov "Manchester siti"ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Husanov muxlislar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomada eng koʻp ovoz toʻpladi va "Etihad" talqini boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Abduqodir Husanov "Manchester siti"ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ingliz klubi mart oyining eng yaxshi futbolchisini eʼlon qildi.
Unga koʻra, oʻzbekistonlik Abduqodir Husanov "shaharliklar" tarkibida oyning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.
Mart oyi davomida koʻrsatgan ishonchli oʻyinlari evaziga Husanov muxlislar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomada eng koʻp ovoz toʻpladi va "Etihad" talqini boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Husanov 2026 yyil yanvarda ham oy futbolchisi deb topilgandi.
