platina.uz
Sport

Shahram Gʻiyosov Usik-Verxoven jangi oldidan ringga chiqadi

Oʻzbekiston vakili britaniyalik Jek Katterallga qarshi jahon chempionligi uchun jang qiladi. 

Shahram Gʻiyosov Usik-Verxoven jangi oldidan ringga chiqadi

Oʻzbekistonlik bokschi Shahram Gʻiyosov 23 may kuni Misrda boʻlib oʻtadigan Oleksandr Usik va Riko Verxoven oʻrtasidagi jangda ringga anderkardda chiqadi.

Insayder Dan Rafaelning soʻzlariga koʻra, Shahram Gʻiyosov britaniyalik Jek Katterallga qarshi jang qiladi. "Oddiy" WBA yarim oʻrta vazn toifasidagi chempionlik unvoni xavf ostida qoladi.

Gʻiyosov ilgari 2 may kuni vaqtinchalik chempionlik uchun Raul Kuriel bilan jang qilish boʻyicha muzokaralar olib borgan edi, ammo endi jang "oddiy" WBA kamari uchun boʻlib oʻtadi.

Shuni taʼkidlash kerakki, Shahram Gʻiyosov 2023 yildan beri WBAʼning majburiy daʼvogari hisoblanadi.

Xorijiy ommaviy axborot vositalari taʼkidlaganidek, Gʻiyosov-Ketterall jangi kelgusi oylarda Rolando Romero va Devin Xeyni oʻrtasida birlashish jangi uchun samarali yoʻl ochadi.

Maʼlumot uchun: aanderkard — boksda asosiy jang oldidan boʻlib oʻtadigan boshqa toʻqnashuvlar.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid