platina.uz
Jamiyat

Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib Profi Deutsch xalqaro sertifikatsiya boʻyicha faoliyat boshladi

Yaqin istiqbolda hududlarda oʻquv markazlari va TELC imtihon markazlarini ochish rejalashtirilgan.

Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib Profi Deutsch xalqaro sertifikatsiya boʻyicha faoliyat boshladi

Profi Deutsch nemis tilini oʻqitish va TELC imtihon markazi – nemis tilini zamonaviy metodika asosida oʻqitishga ixtisoslashgan yetakchi taʼlim maskanidir. Markazda mashgʻulotlar haftasiga 3 kun davomida, xalqaro miqyosda tan olingan TELC metodologiyasi hamda zamonaviy darsliklar asosida tashkil etiladi. Darslar Germaniyada malaka oshirib kelgan, tajribali va yuqori malakali ustozlar tomonidan olib boriladi.

Ayni paytgacha markazda respublikaning barcha hududlaridan kelgan 18-30 yosh oraligʻidagi oʻquvchilar nemis tilini muvaffaqiyatli oʻrganib, xalqaro sertifikatlarga ega boʻlishdi. Germaniyadagi hamkor tashkilotlar bilan yoʻlga qoʻyilgan samarali hamkorlik natijasida ularning 20 nafardan ortigʻi Germaniyada kasbiy taʼlim (Ausbildung) dasturlariga yoʻnaltirildi.

Bugungi kunda markaz oʻz faoliyatini yanada kengaytirib, nafaqat til oʻqitish, balki xalqaro sertifikatsiya yoʻnalishini ham qamrab olgan.

Markaz Germaniyaning nufuzli TELC taʼlim tashkilotining rasmiy hamkori hisoblanadi. Shu bois oʻquvchilar nemis tilini mukammal oʻrganish bilan birga, xalqaro sertifikat olish uchun puxta tayyorgarlik koʻrish va imtihon topshirish imkoniyatiga ega.

Samarqand shahrida Markaziy Osiyodagi ilk rasmiy TELC imtihon markazi tashkil etildi. Ushbu loyiha davlat rahbari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan boʻlib, kelgusida markaz faoliyatini yanada kengaytirish koʻzlangan.

Yaqin istiqbolda quyidagi hududlarda Profi Deutsch oʻquv markazlari hamda TELC imtihon markazlarini ochish rejalashtirilgan:

  • Fargʻona;
  • Qashqadaryo;
  • Urganch;
  • Buxoro;
  • Toshkent.

Bu mazkur hududlardagi yoshlar uchun oʻz yashash joyida sifatli taʼlim olish va xalqaro darajadagi sertifikatga ega boʻlish imkoniyatini yaratadi.

Bundan tashqari, Profi Deutsch nemis tilini oʻqitish va TELC imtihon markazi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Kasbiy taʼlim agentligi tizimidagi nemis tili oʻqituvchilari uchun ham TELC taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda malaka oshirish va sertifikatsiya tizimini yoʻlga qoʻygan. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi respublikamizda nemis tili oʻqitish sifatini oshirish hamda nemis tilini oʻrganuvchilar sonini koʻpaytirishdan iborat.

Profi Deutsch oʻquvchilarga quyidagi yoʻnalishlarda ham amaliy yordam koʻrsatadi:

  • Germaniyada kasbiy taʼlim (Ausbildung) dasturlariga tayyorgarlik;
  • hujjatlarni tayyorlash, tarjima qilish va topshirish jarayonlarida koʻmak;
  • ish beruvchilar bilan suhbat(intervyu)ga tayyorgarlik;
  • Germaniyada oliy taʼlim yoʻnalishlarini tanlash va hujjat topshirish boʻyicha professional maslahatlar.

Profi Deutsch – sifatli taʼlim va xalqaro imkoniyatlar sari ishonchli qadam.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar:

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid