Botanika bogʻida velosiped va samokatlarda harakatlanish toʻxtatiladi
Bogʻ hududida fuqarolarning yiqilishi va turli darajadagi tan jarohatlari olishi bilan bogʻliq noxush holatlar koʻpaygan.

Botanika bogʻida velosiped va samokatlarda harakatlanish toʻxtatiladi. Bu haqda bogʻ maʼmuriyati xabarida aytiladi.
"Soʻnggi vaqtlarda bogʻ hududida velosiped va samokatlarda harakatlanish davomida fuqarolarning yiqilishi va turli darajadagi tan jarohatlari olishi bilan bogʻliq noxush holatlar tez-tez kuzatilmoqda.
Shu munosabat bilan, tashrif buyuruvchilarning koʻplab soʻrovlari hamda Ilmiy kengashning qaroriga asosan:
2026 yil 1 apreldan boshlab Botanika bogʻi hududida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi toʻxtatiladi", deyiladi murojaatda.
Ushbu chora barcha uchun bogʻda xavfsiz, tinch va osuda piyoda sayr qilish muhitini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. "Tabiat goʻzalligidan piyoda sayr qilib, xotirjam bahra olishingiz uchun barcha sharoitlar saqlab qolinadi", deya taʼkidlanadi xabarda.
