platina.uz
Jamiyat

"Yashil" texnikumlarda ekostipendiya taʼsis etiladi

Mazkur stipendiya har yili 10 nafargacha iqtidorli oʻquvchilarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan hajmda toʻlanadi. 

"Yashil" texnikumlarda ekostipendiya taʼsis etiladi

"Yashil" texnikumlarda ekostipendiya taʼsis etiladi.

"Eko-madaniyat" umummilliy loyihasi doirasida ekologik taʼlim, ilm-fan va targʻibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Prezident qarori (PQ–110-son, 25.03.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Universitet hamda "yashil" texnikumlar taʼlim tizimining uzviyligini taʼminlash maqsadida 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:

- "yashil" texnikumlarda taʼlim jarayoni Universitet tomonidan ishlab chiqiladigan va Kasbiy taʼlim agentligi tasdiqlaydigan taʼlim dasturlari asosida tashkil etiladi;

- "yashil" texnikumlarda majburiy va tanlov fanlari Universitet tomonidan belgilanadi;

Universitetning 1-bosqichida oʻqitiladigan mutaxassislik fanlari "yashil" texnikumlarning 2-bosqich oʻquv dasturlariga maxsus kurs sifatida kiritiladi;

- "yashil" texnikumlarni muvaffaqiyatli bitirgan ingliz tilidan V2 darajaga ega boʻlgan bitiruvchilarga Universitet tomonidan belgilangan ballar oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning 2-bosqichidan oʻqishni davom ettirishga ruxsat beriladi;

- "yashil" texnikumlarda ekostipendiya taʼsis etiladi va har yili 10 nafargacha iqtidorli oʻquvchilarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda stipendiya toʻlanadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid