platina.uz
Jamiyat

Ushbu haftada qisqa yomgʻirlar va momaqaldiroqli ob-havo kutiladi

Togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Ushbu haftada qisqa yomgʻirlar va momaqaldiroqli ob-havo kutiladi
Foto: Platina.uz

"Oʻzgidromet" boshlangan hafta uchun ob-havo maʼlumotini taqdim etdi. Bugun kunduzi Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlarida va kunning ikkinchi yarmida markaziy va janubiy viloyatlar boʻyicha ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 20-25 daraja iliq boʻladi.

31 mart va 1 aprel kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida, shuningdek, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Kunduzgi havo harorati 27-30 daraja iliq atrofida boʻladi.

2 aprelda shimoli-gʻarbiy hududlarda, choʻl zonasida va janubiy viloyatlarda, 3 aprelda esa respublikaning koʻpchilik viloyatlarida baʼzi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻirlar yogʻishi kutilmoqda.

Harorat 24-27 darajagacha, janubda 20-22 darajagacha pasayadi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, janubda va choʻl hududlarda 14 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda: bugun yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon biroz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat 22-24 daraja iliq boʻladi.

31 mart va 1-2 aprel kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 27-29 daraja iliq boʻladi. 3 aprelda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Kunduzgi harorat 24-27 daraja iliq boʻladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid