Toshkentda 13 fuqaroning yer-mulkka egalik huquqi eʼtirof etildi
Bu oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga tegishli.

Toshkentda 13 nafar fuqaroning huquqlari eʼtirof etildi. Bu haqda Toshkent shahar kadastr boshqarmasi xabar berdi.
“Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuniga asosan Toshkent shahrida olib borilayotgan xatlov ishlari oʻzining ijobiy samarasini berib kelmoqda.
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 21-sessiyasida poytaxtimizdagi 13 nafar fuqaroning oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga boʻlgan huquqlari eʼtirof etildi.
Bular:
- Chilonzor, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida 3 nafar,
- Yunusobod tumanida 2 nafar,
- Sergeli va Yangihayot tumanlarida 1 nafarni tashkil etdi.
