platina.uz
Jamiyat

Qoraqalpogʻistonda “Media haftalik” boshlandi

Orolboʻyi hududida start olgan ilk haftalik doirasida qatnashchilar zamonaviy media muhitidagi dolzarb masalalar yuzasidan koʻnikmalarini oshiradi.

Qoraqalpogʻistonda “Media haftalik” boshlandi

Bugun, 30 mart kuni “Media haftalik” Qoraqalpogʻistonda oʻz ishini boshladi.

Avvalroq mamlakat axborot makonida yilning eng yirik taʼlimiy-amaliy voqeligi – butun respublikani qamrab oluvchi “Media haftalik” loyihasi oʻtkazilishi haqida xabar berilgan edi.

Orolboʻyi hududida start olgan ilk haftalik doirasida qatnashchilar zamonaviy media muhitidagi dolzarb masalalar yuzasidan koʻnikmalarini oshiradi.

Mashgʻulotlar samaradorligini taʼminlash hamda har bir kasbiy yoʻnalishlar kesimida chuqurlashtirilgan va ixtisoslashgan bilimlarni berish maqsadida, oʻquv-seminarlar sessiyalarga boʻlingan holda tashkil etilmoqda. Dastur kontent yaratish, matnli va vizual formatlar hamda janrlarning qoʻllanishi, axborot xavfsizligi, strategik kommunikatsiya, media menejment, SMM hamda sunʼiy intellektdan foydalanish kabi koʻplab muhim mavzularni qamrab oladi. Trening va mahorat darslari davomida ishtirokchilar nafaqat nazariy bilimlarni, balki real keyslar asosida ishlash, xatolarni tahlil qilish, yangi yondashuvlarni shakllantirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Tadbirda ilgʻor ekspertlar, amaliyotchi jurnalistlar, muharrirlar, prodyuserlar hamda mutaxassislar spiker sifatida qatnashmoqda. Ular oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashib, zamonaviy media rivojining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyalar beradi.

“Media haftalik”ning muhim jihati – ishtirokchilarga alohida eʼtibor qaratilgani bilan ajralib turadi. Tadbir davomida oʻnlab intervyular, ochiq muloqotlar va fikr almashinuvlar tashkil etilib, ishtirokchilarning oʻzlari media sohasidagi muammolar, kutilayotgan natijalar va erishilgan yutuqlar haqida fikr bildiradi. Bu esa loyiha samaradorligini yanada oshirib, real natijalarni namoyon etishga xizmat qiladi.

Haftalik doirasida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha maxsus sessiyalar tashkil etilgan:

  • bosma va internet nashrlari jurnalistlari,
  • telejurnalistlar va operatorlar,
  • davlat organlari matbuot kotiblari,
  • blogerlar va kontent yaratuvchilar,
  • mobilograflar va SMM mutaxassislari.

Shuningdek, davlat organlarining ochiqligi, jamoatchilik bilan samarali muloqot oʻrnatish hamda axborot siyosatini takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Haftalik yakunida Media forum tashkil etilib, unda tadbir natijalari sarhisob qilinadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid