platina.uz
Jamiyat

Propan sotish boʻyicha qoidalarni buzgan va narxni oshirgan subʼektlar 28 mlrd soʻmdan oshiq jarimaga tortildi

Asossiz olingan 34,1 mlrd soʻm pul mablagʻlarini respublika byudjetiga yoʻnaltirish boʻyicha qaror qabul qilingan. 

Propan sotish boʻyicha qoidalarni buzgan va narxni oshirgan subʼektlar 28 mlrd soʻmdan oshiq jarimaga tortildi

Propan sotish boʻyicha qoidalarni buzgan va narxni oshirgan subʼektlar jarimaga tortildi.

Raqobat qoʻmitasi Maxsus komissiyasi tomonidan propan import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subʼektlar tomonida 2025 yil noyabr-dekabr oylari va joriy yilning yanvar oyida propanning birja savdolarida boshlangʻich narxlarni asossiz oshirish va hajmlarni sunʼiy ravishda birja savdolariga chiqarmaslik natijasida propan narxlarini oshirib yuborilishi holati boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan edi.

Qoʻmita tomonidan koʻrilgan tezkor choralar natijasida propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirilishiga erishildi.

Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari hamda ishni koʻrib chiqish jarayonida oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subʼektlar bilan oʻtkazilgan muhokamalardan kelib chiqib 31 ta "POYTUG‘ GAZ TO‘LDIRISH KORXONASI" MChJ, "Taraqqiyot gaz servis" MChJ, "SHIRIN GAZ SERVIS" MChJ, "OLTINKO‘L HAMKOR RIVOJ" MChJ, "OSIYO HAMKOR MAKS" MChJ, "Inginering Gazavto Servis" MChJ, “NAMANGAN-ISTIQLOL BOG‘I” MChJ, "NASAF TAMINOT GAZ PRESS" MChJ, "FRIDAY-EXSTRA" XK, "SAIDBEK TURABOV" MChJ, "PLANETA NEFT GAZ INVEST" MChJ, "GOLD SAMARKAND OIL" MChJ, "MAROQAND-ENERGY GAZ OIL" MChJ, "ASATILLO BOBO GAZ INVEST" MChJ, "UNIT GROUP SIRDARYA" MChJ, "GAZONE" MChJ, "CRITICAL MERCHANT" MChJ, "NAFTON" MChJ, "FARG‘ONA GAZ TO‘LDIRISH STANSIYASI" MChJ, "DAVR GLOBAL SYSTEM" MChJ, "LUTF GAZ OIL" MChJ, PRIME ENERGI OIL MChJ, "OILCHEM" MChJ, "SH-Z HANDSOME GROUP" MChJ, "CRUDE OIL" MChJ, "TARBATNEFT" MChJ, "INTERNEFT" MChJ, "GTL GAZ" MChJ, "WIMBLEDON OIL" MChJ, "INTER GAS OIL LPG" MChJ, "ENERGIE-GROUP" MChJ subʼektlar tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi eʼtirof etildi.

Shundan, 12 ta subʼektlar "SHIRIN GAZ SERVIS" MChJ, "NASAF TAMINOT GAZ PRESS" MChJ, "FRIDAY-EXSTRA" XK, "MAROQAND-ENERGY GAZ OIL" MChJ, "ASATILLO BOBO GAZ INVEST" MChJ, "UNIT GROUP SIRDARYA" MChJ, "GAZONE" MChJ, "FARG‘ONA GAZ TO‘LDIRISH STANSIYASI" MChJ, "OILCHEM" MChJ, "SH-Z HANDSOME GROUP" MChJ, " INTERNEFT" MChJ hamda "GTL GAZ" MChJ tomonidan birja savdolarida raqobatga zid boʻlgan muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirganlik holatlari, qolgan holatlarda birja savdolarida boshlangʻich narxlarni asossiz oshirish, mahsulotni qonunchilikka zid ravishda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotganlik harakatlari sodir etganligi aniqlandi.

Yuqoridagilarga koʻra, Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan 31 ta subʼekt tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilganligi eʼtirof etilib, qonunbuzilishi davridagi tovar aylanmasiga nisbatan (28,9 mlrd soʻm) miqdorida moliyaviy jarima qoʻllash hamda asossiz olingan (34.1 mlrd soʻm) pul mablagʻlarini Respublika byudjetiga yoʻnaltirish boʻyicha qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.

Maʼlumot oʻrnida. Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon Qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid