Oʻzbekiston Venesuelani yengib, FIFA Series turnirida gʻalaba qozondi
Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Natijada penaltilar seriyasi belgilandi.

Toshkentda FIFA Series turniri finalida Oʻzbekiston va Venesuela termalari kuch sinashdi.
Har ikki tomon hisobni ochish uchun imkoniyatlarga ega boʻldi. Teng kurashlar ostida kechgan uchrashuvning asosiy daqiqasida hisob ochilmadi. Natijada penaltilar seriyasi belgilandi.
Penaltilar seriyasida Oʻzbekiston termasi 5:4 hisobida gʻalaba qozondi.
Shu tariqa termamiz FIFA Series oʻrtoqlik turniri gʻolibi boʻldi.
Venesuela ikkinchi, Gabon termasi esa 3-oʻrinni egalladi.
