platina.uz
Jamiyat

Namanganda maktab oʻquvchisiga zoʻravonlik qilgan shaxs qamoqqa olindi

Hozirda Yangiqoʻrgʻon tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. 

Namanganda maktab oʻquvchisiga zoʻravonlik qilgan shaxs qamoqqa olindi

Namangan viloyatida maktab oʻquvchisiga nisbatan sodir etilgan jinsiy zoʻravonlik jinoyati holati Bolalar ombudsmani nazoratiga olindi.

Aniqlanishicha, 2026 yil 28 mart kuni Yangiqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro H.D tuman IIB ga murojaat qilib, voyaga yetmagan farzandi O.O (2013 yilda tugʻilgan qiz bola) tumandagi umumtaʼlim maktabi 6-sinfda oʻqishi, mazkur maktabning oʻqituvchisi T.Sh (1973 yilda tugʻilgan erkak) uning farzandiga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiqoʻrgʻon tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Gumonlanuvchi T.Sh protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani oʻz vakolati doirasida bolaga qarshi sodir etilgan jinoyat ishi yurituvi hamda jabrlanuvchi-bolaning protsessual huquqlari taʼminlanishi yuzasidan oʻz kuzatuvini davom ettiradi.

Bu haqda qoʻshimcha tarzda maʼlumot beriladi, deyiladi Bolalar ombdusmani xabarida.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid