platina.uz
Iqtisod

Issiqxonalar faoliyatini rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlari belgilandi

Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida 940 gektar maydonda issiqxona majmualari joylashtiriladi. Muqobil energiya yoki energiya tejamkor isitish tizimlari kamida 50 foizga yetkaziladi. 

Issiqxonalar faoliyatini rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlari belgilandi

Prezidentning "Aholini kuz-qish mavsumlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori eʼlon qilindi.

Unga koʻra, issiqxonalar faoliyatini rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlari belgilandi.

Jumladan, Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida 940 gektar maydonda issiqxona majmualari joylashtiriladi. Muqobil energiya yoki energiya tejamkor isitish tizimlari kamida 50 foizga yetkaziladi. Sherobodda "Surxon-Agro" erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) tashkil etilmoqda. Ushbu zona 30 yil davomida faoliyat yuritadi va bu muddatni keyinchalik uzaytirish imkoniyati mavjud.

Zonani boshqarish uchun "Surxon-Agro" EIZ direksiyasi tashkil etildi va uning faoliyatini muvofiqlashtirish Qishloq xoʻjaligi vazirligi zimmasiga yuklanadi.

Issiqxona xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir qator moliyaviy yengilliklar joriy etilmoqda:

- yer uchastkalari auksion orqali ijaraga berilganda, 5 yil davomida nol stavkasi qoʻllanadi;

- sugʻorish va texnologik jarayonlarda ishlatiladigan oqova va yerosti suvlari uchun toʻlovlardan 3 yil muddatga ozod etiladi;

-​EIZ ishtirokchilari uchun qonunchilikda belgilangan alohida soliq va bojxona imtiyozlari tatbiq etiladi.

2027 yildan boshlab zonada yetishtirilgan mahsulotlarni mahsulotlarni respublika boʻylab tashishda 50 foizlik chegirma berish koʻzda tutilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid