platina.uz
Jamiyat

Endi davlat ishchilari maʼlum kunlarda xizmat mashinasi minishi taqiqlanadi

Ushbu sanalar ish kunlariga toʻgʻri kelganda haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi.

Endi davlat ishchilari maʼlum kunlarda xizmat mashinasi minishi taqiqlanadi
Foto: Platina.uz

2026 yil 1 maydan har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun”, “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari oʻtkazib boriladi.

Mazkur aksiyalar doirasida davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi. Ushbu sanalar ish kunlariga toʻgʻri kelganda haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi.

2026 yil 1 avgustdan trade-in dasturi doirasida eskirgan avtotransportlarni topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi transport vositalarini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi.

2026 yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” zonalariga ajratib chiqilishi taʼminlanadi.

2026 yil 1 apreldan chang boʻronlarining oldini olish uchun Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida “yashil devor”lar barpo etish boshlanadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid