platina.uz
Jamiyat

Birgina “Karkidon” suv ombori uchun bir yilda 16 mlrd soʻmdan ortiq pul ajratildi

Ushbu mablagʻlar suv ombori atrofini obodonlashtirish, quduqlar qazish, daraxt va gullar ekish kabi ishlarga sarflangan.

Birgina “Karkidon” suv ombori uchun bir yilda 16 mlrd soʻmdan ortiq pul ajratildi

Fargʻona viloyati hokimi 1 yil davomida imzolagan farmoyishlar bilan Quva tumanida “Karkidon” suv omborini qurish loyihasi uchun hozirgacha 16,2 mlrd soʻm ajratilgan. Mablagʻ sarflanishi hamon davom etmoqda.

Xususan:

  • 2025 yil 1 fevral kuni: suv ombori atrofida 22 dona tik quduq qazish uchun loyiha qidiruv ishlari bilan bogʻliq xarajatlarga 600 mln soʻm;
  • 2025 yil 20 may kuni: suv ombori atrofidagi yer maydonlarida ekoturizm majmuasi, savdo-servis va koʻngilochar maskanlar, zamonaviy mehmonxona barpo etish, dam olish maskanlari hududida “Yashil belbogʻ” va “Sokin hudud”larni tashkil etish uchun Xitoydan olib kelinadigan manzarali daraxt va gul koʻchatlarini xarid qilish xarajatlariga 2,2 mlrd soʻm;
  • 2025 yil 26 iyun kuni: suv ombori atrofidagi yer maydonlarida ekoturizm majmuasi, savdo-servis va koʻngilochar maskanlar, zamonaviy mehmonxona barpo etish, dam olish maskanlari hududida “Yashil belbogʻ” va “Sokin hudud”larni tashkil etish uchun texnika ishlari xarajatlariga 300 mln soʻm;
  • 2025 yil 26 sentabr kuni: suv ombori atrofidagi yerlarda ekoturizm majmuasi, gullar bogʻini tashkil etish uchun Fargʻona tumanidagi “Oqbilol” qishlogʻida joylashgan suv ombori hududidan unumdor tuproqlarni mazkur hududga tashib kelishga jalb etilgan texnikalarning yoqilgʻi xarajatlariga 500 mln soʻm;
  • 2025 yil 3 oktabr kuni: suv ombori atrofidagi yer maydonlarida ekoturizm majmuasi, savdo-servis va koʻngilochar maskanlar, zamonaviy mehmonxona barpo etish, shuningdek, ushbu dam olish maskanlari hududida “Yashil belbogʻ” va “Sokin hudud”larda koʻchmas yopiq dam olish maskanlari hamda koʻchmas kichik mehmon uylarini xarid qilish uchun 500 mln soʻm;
  • 2025 yil 7 oktabr kuni: suv ombori hududidagi kartering uchun qurilayotgan obʼektlarda amalga oshirilayotgan ishlarni moliyalashtirish uchun 1 mlrd soʻm;
  • 2025 yil 24 oktabr kuni: suv ombori atrofida ekoturizm majmuasi “maket”ini ishlab chiqish ishlari uchun 680 mln soʻm;
  • 2025 yil 4 noyabr kuni: suv ombori atrofidagi yer maydonlarida ekoturizm majmuasi, savdo-servis va koʻngilochar maskanlar, zamonaviy mehmonxona barpo etish, dam olish maskanlari hududida “Yashil belbogʻ” va “Sokin hudud”larni tashkil etish va “Yapon safforasi” manzarali daraxt koʻchatlarini xarid qilish uchun 336 mln soʻm;
  • 2025 yil 13 noyabr kuni: suv ombori hududida 2 ta avtomobilga moslashtirilgan yongʻin qutqaruv stansiyasi binosini qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va pudratchiga avans mablagʻlarini ajratishga 2 mlrd soʻm;
  • 2025 yil 26 noyabr kuni: suv ombori atrofidagi yer maydonlarida ekoturizm majmuasi, savdo-servis va koʻngilochar maskanlar, zamonaviy mehmonxona barpo etish, ushbu dam olish maskanlari hududida “Yashil belbogʻ” va “Sokin hudud”larni tashkil etishga jalb etilgan texnikalarning yonilgʻi-moylash xarajatlari uchun 300 mln soʻm;
  • 2025 yil 9 dekabr kuni: suv ombori atrofidagi yer maydonlarida ekoturizm majmuasi, savdo-servis va koʻngilochar maskanlar, zamonaviy mehmonxona barpo etish, shuningdek, ushbu dam olish maskanlari hududida “Yashil belbogʻ” va “Sokin hudud” loyihalarini amalga oshirish doirasida texnika xarajatlari uchun jami 300 mln soʻm;
  • 2025 yil 24 dekabr kuni: suv ombori hududida 2 ta avtomobilga moslashtirilgan yongʻin qutqaruv stansiyasi binosini qurish ishlarini jadallashtirish uchun 1,5 mlrd soʻm;
  • 2026 yil 24 fevral kuni: suv ombori atrofidagi yer maydonlarida ekoturizm majmuasi, savdo-servis va koʻngilochar maskanlar, zamonaviy mehmonxona barpo etish, shuningdek, ushbu dam olish maskanlariga tashrif byuruvchilarga qulaylik yaratish hamda xafvsizligini taʼminlash maqsadida hududdagi mavjud sel yoʻllarini betonlashtirish uchun qurilish materiallari xarid qilish hamda texnika xarajatlariga 1 mlrd soʻm;
  • 2026 yil 10 mart kuni: drayver loyihalar ikkinchi bosqichidan oʻrin olgan “Karkidon” suv ombori atrofidagi turizm maskanlari barpo etiladigan maydonlarning ichki yoʻllarini qurish obʼektida ishlarni jadallashtirish uchun 5 mlrd soʻm.

2019 yilda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegaraoldi hududlarini almashgan, oʻshanda Karkidon suv ombori toʻligʻicha Oʻzbekistonga oʻtgandi.

Oʻzbekistonga Oʻsh viloyati Aravon tumanining Toʻyamoʻyin okrugidagi, Karkidon suv ombori yonidagi yer maydoni berilgan. Oʻzbekiston esa Qirgʻizistonga Gulbahor qishlogʻi yonidagi yerni bergan.

Ikkala hudud ham bir xil maydonga ega – 407 gektardan. Oʻsh viloyati maʼmuriyatida maʼlum qilinishicha, hududlar almashilishi Qirgʻiziston tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

Gulbahor qishlogʻi Aravon viloyatiga kiraverishda, Oʻsh shahriga olib boruvchi yoʻl boʻyida joylashgan. Avval ushbu yoʻlning bir qismi Oʻzbekistonga tegishli boʻlgan, endi esa u toʻliq Qirgʻiziston hududidan oʻtgan. Avval qirgʻizistonliklar qoʻshni qishloqqa Oʻzbekiston hududi orqali oʻtishlariga toʻgʻri kelgan.

Suv omborining butun hududi va sohilboʻyi endi Oʻzbekistonga tegishli. Qirgʻizistonning Karkidon qishlogʻi aholisi suv omboridan chiquvchi daryodan foydalana oladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid