Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Olimjon Toshkenboyev vafot etdi
U uzoq yillar davomida "Oʻzbekiston dorbozlari" guruhiga rahbarlik qilgan.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, oʻzbek sirk sanʼatining mashhur namoyandasi Olimjon Toshkenboyev 81 yoshida vafot etdi.
Olimjon Toshkenboyev uzoq yillar davomida “Oʻzbekiston dorbozlari” guruhiga rahbarlik qilgan va milliy dorbozlik sanʼati sohasida samarali faoliyat yuritgan.
Uning rahbarligidagi “Oʻzbekiston dorbozlari” guruhi koʻplab xorijiy mamlakatlarda, xususan, Polsha, Germaniya, Misr, Belgiya, Gollandiya, Shveysariya, Braziliya, Argentina, Kolumbiya, Ekvador kabi mamlakatlarda katta muvaffaqiyat bilan oʻz sanʼatini namoyish etgan.
"Oʻzbeksirk" birlashmasida rejissyor lavozimida samarali faoliyat yuritib, koʻplab shogirdlarni yetishtirdi.
