Karim Bahriyev vafot etdi
Taniqli jurnalist bir necha kun oldin gemarogik insult bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.

Taniqli jurnalist, publitsist va tarjimon Karim Bahriyev ogʻir xastalik sabab 64 yoshida vafot etdi.
Taniqli jurnalist bir necha kun oldin gemarogik insult bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.
Karim Bahriyev yozuvchi sifatida "Sabr kosasining siniqlari", "Tomchidil" sheʼriy kitoblari, jurnalistikaga oid esa "Demokratiya va inson huquqlari"," Jurnalistning huquqlari, majburiyatlari va masʼuliyati", "Ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy asoslari", "Haqiqat talabgorimiz" nomli oʻzbek tilidagi ilmiy-ommabop kitoblari, "OAV va saylovlar" hamda "SMI i vibori" nomli oʻzbek va rus tilidagi qoʻllanma, "Soʻz erkinligi haqida soʻz" nomli oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi siyosiy-ijtimoiy kitob, "Media huquqi" darsligi, "OAV qonunchiligidan 100 savolga 100 javob" qullanmasi, qator tanqidiy-tahliliy maqolalar muallifi.
Karim Bahriyev oʻzining oʻtkir maqolalari va chiqishlari bilan nazarga tushgan. Uning jurnalistika haqidagi kitoblaridan jurnalistika fakultetlarida keng foydalanilgan.
